O'g'ilmi yoki qiz?
__________Tug'ilajak farzand jinisini ___________aniqlashning 18 usuli!
Homilador ayolning qorni <uchli> bo'lib, bel sohasida to'lishish kuzatilmasa,o'g'il tug'iladi. Qiz farzand kutilayotganida esa bo'lajak ona qorni dumaloq ko'rinish olar ekan. Hush,tug'ilajak farzand jinsini aniqlashning yana qanday usullari bor?Talab va takliflaringizga binoan bu borada sizga yordam beruvchi 18ta usul bilan tanishtiramiz.
Er-xotin munosabatlarining tasiri bormi?
Chaqaloqning qosh-ko'zlari otasinikiga o'xshash bo'lsa,<eringizni juda o'zi-ya>deyishadi.Aslida qizlar otasiga,o'g'il bolalar esa onasi yoki uning qarindoshlari, ya'ni genetika.Jinsiy hayot tarzidan kelib chiqqanimizda esa o'zaro munosabatlar uyg'unligiga ko'ra tug'ilajak farzand o'g'il yoki qiz bo'lishini aniqlasa bo'ladi.
______________________________________________
1)Qon tarkibining yangilanishiga ko'ra..
Ayrim tibbiy xulosalarga ko'ra, qon tarkibining yangilanishi farzand jinsiga tasir
ko'rsatishi mumkin.Qon yangilanishi erkaklarda har 4 yilda,ayollarda esa har 3 yilda sodir bo'ladi.Farzand jinsini aniqlashda ayol yoshini 3 ga,erkak yoshini 4 soniga bo'lasiz. Masalan,otaning yoshi 29 da bo'lsa,shu sonni 4 ga bo'lasiz. Ayol 23 yosh desak, 3 ga.Natija ayol yoshida katta bo'lsa, qizaloq,erkak yoshidan ustunlik qilsa, o'g'il tug'iladi.
______________________________________________
2)O'g'il tug'ilishini istaganlar biroz tanaffus bilan jinsiy yaqinlikni amalga oshirganlari maqul.Qiz farzandda esa xomiladorlikdan avval jinsiy yaqinlik tez-tez takrorlangani kuzatiladi.
3)Homiladorlik ovulyatsiya kunlari yuzaga kelsa,O'g'il tug'ilish extimoli ortadi.Ovulyatsiya kunlaridan keyingi homiladorlikda esa qizaloq dunyoga keladi, deyishadi.
4)Xitoycha taqvim
Mazkur taqvim yordamida bo'lajak farzandingiz jinisini taxminan bilib olishingiz mumkin. Diqqat qiling,jadval uzunasiga homilador ayolning yoshi,eniga esa
homiladorlik yuzaga kelgan oy sanasi berilgan. Yoshingiz ko'rsatilgan qatorni topgach,uni hayz kurish kechikkan yoki homiladorlikning ilk belgilari kuzatilgan oy sanasini birlashtirasiz.
Bo'lajak|
Onaning|
Yoshi| 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
18| 🙇 🙎 🙇 🙎 🙎 🙎 🙎 🙎 🙎 🙎 🙎 🙎
19| 🙎 🙇 🙎 🙇 🙎 🙎 🙎 🙎 🙎 🙇 🙎 🙇
20| 🙇 🙎 🙇 🙎 🙎 🙎 🙎 🙎 🙎 🙇 🙎 🙎
21| 🙎 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇
22| 🙇 🙎 🙎 🙇 🙎 🙇 🙇 🙎 🙇 🙇 🙇 🙇
23| 🙎 🙎 🙇 🙎 🙎 🙇 🙎 🙇 🙎 🙎 🙎 🙇
24| 🙎 🙇 🙎 🙎 🙇 🙎 🙎 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇
25| 🙇 🙎 🙎 🙇 🙇 🙎 🙇 🙎 🙎 🙎 🙎 🙎
26| 🙎 🙇 🙎 🙇 🙇 🙎 🙇 🙎 🙇 🙇 🙇 🙇
27| 🙇 🙎 🙇 🙎 🙇 🙇 🙎 🙎 🙎 🙎 🙇 🙎
28| 🙎 🙇 🙎 🙇 🙇 🙇 🙎 🙎 🙎 🙎 🙇 🙇
29| 🙇 🙎 🙇 🙇 🙎 🙎 🙇 🙇 🙇 🙎 🙎 🙎
30| 🙎 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙎 🙎
31| 🙎 🙇 🙎 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙎
32| 🙎 🙇 🙎 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙎
33| 🙇 🙎 🙇 🙎 🙇 🙇 🙇 🙎 🙇 🙇 🙇 🙎
34| 🙇 🙇 🙎 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙇 🙎 🙎
35| 🙎 🙎 🙇 🙎 🙇 🙇 🙇 🙎 🙇 🙇 🙎 🙎
5)Qishdami yoki yozda?
Bazi manbalarda o'g'il tug'ilishi uchun homiladorlikni bahor-yoz mavsumiga reja qiling,deyiladi. Gap shundaki,erkak spermatazoidi harorat o'zgarishlariga ta'sirchan bo'ladi. Shu sababli ham sovuq mavsumda yuzaga kelgan homiladorlikda asosan qizaloqlar dunyoga keladi.
Bordiyu homiladorlikni kuzning oxiri yoki qishga mo'ljallayotgan bo'lsangiz,oyog'idan zax o'tmasligiga e'tibor berishingiz lozim.
_____________________________________________6)Matematika tenglama usuli
Juda oddiy mazkur formula yordamida farzand jinisini taxmin qilish mumkin.
Diqqat qiling:
(X+Y+M+3):2=?
Bunda X_ayolning to'liq yoshi, Y_Tug'ilgan oyi,M_ homiladorlik yuzaga kelgan vaqt,3 soni shartli qo'shimcha.
Masalan:
22+7+9+3=41:2=20,5.
Demak,qiz!Agar hisob natijasi toq son chiqsa,o'g'il tug'iladi.
_____________________________________________7)O'g'il ko'rmoqchimisiz,sut ichmang!
Fransuzcha parhez nomi bilan tanilgan usulni homiladorlikni rejalashtirishdan ikki oy avval,navbatdagi hayz tsiklini qullang.
O'g'il tug'ilishi uchun:taomnomangizda kartoshka,go'sht,banan,qo'ziqorin,apelsin,hurmo kabi maxsulotlar bo'lishiga ahamiyat bering . sho'r eguliklarni ham bemalol qo'shish mumkin. Xom karam,barcha turdagi yong'oqlar,loviya,salat bargi hamda sutni vaqtinchalik cheklab turing.
Qiz tug'ilishi uchun:baqlajon,qizil lavlagi,bodring,nohat,piyoz,bulg'or qalampiri ayni muddao.Sut-qatiq maxsulotlari ham koni foyda.Kunglingiz tusasa ham,tsitrus mevalar,kartoshka chipslari va olhuridan vaqtinchalik voz kechishga to'g'ri keladi. Parhez faqat yuqoridagi mahsulotlar bilan chegaralanib qolmasligi kerak.Odatdagidek taomlanishingiz mumkin. Yagona sharti, tavsiya etilgan mahsulotlar miqdori ko'paytirilsa bo'lgani.
_____________________________________________8)Xalqona usullar
Ayol homiladorlikning ilk kunlaridan injiq va salga arazlaydigan bo'lib qolsa,qiz tug'iladi, deyiladi. O'g'il bolalar esa jiddiy.Onalari
kayfiyatida hech qanday o'zgarishlarga sabab bo'lmaydi.
_____________________________________________9)Homiladorlikning birinchi uch oyligida kuchli taksiko'z kuzatilsa,qizaloq sho'xligi deb biling.Bu davrda jiddiy bezovtaliklar kuzatilmasa,demak,o'g'il kutayotgan bo'lasiz.
_____________________________________________10)Yana bir qiziqarli usul bor: juftingiz homiladorlik vaxtingizda to'lishib qolmadimi?Biroz vazn orttirgan bo'lsa, o'g'ildan, o'zgarish bo'lmasa qizdan deyishadi.
______________________________________________11)Homilador ayoldan <qo'lingni ko'rsat>deb so'raladi. Agar u qo'l kaftining ustini ko'rsatsa, qizaloq daragi,ichki tarafi bilan javob bersa,o'g'il dunyoga kelishini bilish mumkin.
______________________________________________12)Aytishlaricha, homilador ayol ko'p vaqt chap yonboshida uxlasa,o'g'il ko'radi. O'ng yonboshini ma'qul ko'rganlar esa qiz bolar ekan.
______________________________________________13)Yaponcha taqvim
Mazkur taqvim ikki qismdan iborat.1jadvalga ko'ra bo'lajak ota-onaning tug'ilgan oy sanasini aniqlang.So'ng ikkisining kesishgan qismini birlashdiring. Hosil bo'lgan sonni eslab qoling. 2-jadvalda kutilayotgan homila jinsi berilgan.Birinchi jadvalda hosil bo'lgan natijani ikkinchi jadvalga moslang.Masalan,ayol aprel oyida,erkak iyunda tug'ilgan. Ikki oy sanasini birlashtirsak,12 soni hosil bo'ladi. Natijani ikkinchi jadvalga moslasak,o'n ikki oy uchun homila jinsini ko'rishimiz mumkin.
Ayolning|
Tugilgan|__erkakning tugilgan oyi
Oyi_____ |__1|2 |3 |4 |5 |6 |7 |8 | 9|10|11|12|
1________|1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
2________|10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
3________|7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
4________|4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12
5________|1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
6________|10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
7________|7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
8________|4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12
9________|1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
10______ |10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
11______ |7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
12___| 4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12
1-jadval | Homila jinsi
Natijasi | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 |10|11|12
1 👨 👧 👧 👧👨 👧👧 👨 👨 👧 👨👨
2 👨 👨👧 👧 👧 👨👧 👧 👨 👨 👧 👨
3 👧 👨👨 👧 👧 👧👨 👧 👧 👨 👨 👧
4 👧 👧 👨 👨 👧 👧👧👨 👧 👧 👨 👨
5 👨 👧 👧 👨 👨 👧 👧 👧 👨👧👧 👨
6 👨 👨 👧 👧 👨 👨 👧 👧 👧 👨👧👧
7 👧 👨 👧 👧 👨 👨 👧 👧 👧 👨👧👧
8 👧 👧 👨 👧 👧 👨 👨 👧 👧 👧 👨👧
9 👧 👧 👧 👨 👧 👧 👨 👨 👧 👧 👧👨
10 👧 👧 👧 👧 👨 👧 👧 👨 👨 👧 👧 👧
11 👧 👧 👧 👧 👧 👨 👧 👧 👨 👨 👧 👧
12 👧 👧 👧 👧 👧 👧 👨 👧 👧 👨 👨 👧
_____________________________________________14)Bo'lajak onaning yoshi
Bazilar ayol qancha yosh bo'lsa, o'g'il ko'rish extimoli oonani.Yosh kattalashgan sari qiz tug'ilishiga moyillik yuzaga keladi, deb o'ylaydi. Aslida esa bu taxmin,xolos.Zero farzand jinsi kam hollarda ayol yoshiga bog'liq bo'ladi.Evropalik olimlar tomonidan ishlap chiqilgan tenglamaga ko'ra ayol yoshi bilan bog'liq hisob-kitob amalini bajarish mumkin. Homilador ayolning to'liq
yoshi,Homila yuzaga kelgan oy (raqam bilan) va yana qo'shimcha bir soni.Masalan:ayol 32 yosh va aprel oyida homilador bo'ldi.
Bunda 32+4+1=37
Natija toq son. Demak tug'ilajak farzand pahlavon.Agar juft son hosil bo'lsa,holva kutayotgan bo'lasiz.
_____________________________________________15) Ayol mijoziga ham bog'liqmi?
Bo'lishi mumkin! Ruhshunoslar fikricha, fe'l atvoriga ko'ra etakchi ,faol serg'ayrat, o'ziga ishonchi baland, qatiyatli ayollar ko'proq o'g'il ko'rishga moyil bo'lishadi. Chunki bu toifa ayollar organizmida testesteron gormonining miqdori yuqoriroq bo'ladi. Bu esa urug'lanish jarayoniga ta'sir etadi,deyishadi. Qolaversa ,ruhiyatiga ko'ra ham o'g'il tug'ilishini istashadi.Kamgap,tortinchoq ayollarda esa qiz tug'ilish foizi yo'qoriroq bo'ladi.
_____________________________________________16)Qizaloqlar uchun shirinlik
O'g'il ko'rishni istaganlar homiladorlikni rejalashtirishdan avval sho'r eguliklarga urg'u berishlari maslahat beriladi.Qizaloq ko'rishni istaganlar esa ko'proq shirinlik
iste'mol qilishlari lozim.Bu organizmning o'ziga xos xususiyati.
Agar homiladorlik davri qo'l va oyoqlarda shish kuzatilsa,qizlik bo'lasan,deyishadi. Aslida esa o'g'il ko'rgan ayollarda qo'l-oyoqlarda shish ko'proq kuzatiladi.
_____________________________________________17) Quloq tuting
Tibbiy ko'rikdan o'tish uchun shifokor huzuriga kelganingizda maxsus eshituv moslamasi bilan homila yurak urish maromi tekshiriladi.Ilmiy tilda yozilgan jumlalarni ajratib olishda quyidagi izohga diqqat qiling.Agar homila yurak urishi daqiqasiga 140tadan yo'qori bo'lsa, qizaloq.140dan kam marom aniqlansa ,o'g'il dunyoga keladi.
_____________________________________________18) Shifokor ko'rigida
Homila jinsini aniqlash imkoni zamonavi tashxis qurilmalari yordamida muammosiz o'tkaziladi. Shifokorlar 23haftalik homila jinsini aniq aytishlari mumkin.15-16-haftalikda o'tkazilgan YTT tekshiruvi ham taxminiy xulosani ko'rsatishi mumkin.Biroq bunda aniq to'xtamga kelish biroz mushkul.
ROSTMI YOKI YOLG'ON? !
Katta farzandingiz ilk so'zi {dada}bo'lsa, keyingisi ham o'g'il bo'ladi. {oyi} desa, qiz tug'iladi, deyishadi. Hayotiy misollarga yuzlansak,(dada)degan bolakaylar singilli bo'lishganini ko'rishimiz mumkin.
Yana shunday irim bor. Kichkintoydan (oying,singilcha olib kelsinmi yoki o'g'il bola),deb so'raladi. U kimni aytsa ,o'sha jinsdagi farzand kutilayotgan bo'ladi, deyishadi.Haqiqatdan ham bolakaylar tug'ilajak uka-singillarini his etishlari mumkin.Ammo bu qanchalik rost ekanligi 50/50
O'g'il kutayotgan onalar ikki hissa ko'p tanovul qilishadi.Qizlarda esa esa ishtaha susayadi. Unday emas aslida ikkala homiladorlikda ham tanovul miqdori odatdagidan ko'ra o'zgarishi mumkin. Kimdadir ortsa,kimdadir kamayadi.
Tashqi o'zgarishlarga qarab tashxis qo'yamiz!
Tug'ilajak farzandingiz o'g'il! Agar siz:
birinchi uch oylikda ertalabki kungil aynishlar i kuzatilmagan bo'lsa;
Ko'zguga bir daqiqadan ortiq tikilib qarasangiz ko'z qorachig'i kattalashadi;
Homiladorlik davri yanada ko'rkamlashsangiz;
O'ng ko'krak chapiga qaraganda kattalashgan bo'lsa;
Homiladorlik yuzaga kelgach,sochlaringiz qalinlashib, avvalgidan ham go'zal ko'rinish olsa;
Oyoq uchi ahyon-ahyonda muzlaydigan bo'lib qolsa;
Vaqti-vaqti bilan bosh og'riqlari kuzatilsa;
Kutilgan farzand qiz!
agar;
Homiladorlikning dastlabki 12haftasida turli bezovtaliklar kuzatilsa;
Kayfiyat o'zgaruvchanligi sezilsa;
Chap ko'krak tuzilishi o'nggiga qaraganda kattalashib qolsa;
Husn buzar yoki toshma paydo bo'lsa;
Badan,yuz,qo'l terisi odatdagidan mayinlashsa;
Bir-biriga mos kelmaydigan ta'mli
mahsulotlarni ixtiyor etsangiz;
Quloqqa aytilgan gaplar...
Odatda er-xotin o'rtasida faol va muntazam jinsiy yaqinlik bo'lsa, homiladorlik uzoq kuttirmaydigandek tuyuladi.Aslida esa jinsiy yaqinlik ayol va erkakda birdek qoniqish hosil qila olsagina,natijaga erishish mumkin.
Farzand ko'rishni istaganlar uchun har kuni jinsiy yaqinlik tavsiya etilmaydi.
Erkak olti-etti kun mobaynida jinsiy yaqinlikdan tiyilsa,maniy miqdori ortadi,biroq sifati yaxshilanmay qolishi ham mumkin.
Jinsiy yaqinlikdan so'ng o'rindan qo'zg'almay,20-30 daqiqa harakatsiz qolish tavsiya etiladi.
Yaqinlikdan oldin turli gel,sprey va balizamlardan foydalanmang. Mazkur vositalar erkak spermatazoidlari harakatchanligiga ta'sir etib, urug'lanishga xalaqit berishi mumkin.